23 sentabr kuni Toşkentdagi Milliy matbuot markazida Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan «Özbekistonda jurnalistlarning huquqiy himoyasi: muammo va yeçimlar» mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Tadbirda taniqli jurnalist va media huquqi mutaxassisi Karim Bahriyev çiqiş qildi hamda jurnalistlarni qiynab kelayotgan qator tösiqlar haqida gapirdi.
Uning sözlariga köra, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bugungi kunda söz erkinligi va jurnalistlar huquqlarini ta’minlaşga oid qator qonunlarni tasdiqdan ötkazmay kelayotgani sohada köplab muammolarni yuzaga keltirmoqda.
«Deputatlar – xalq xizmatkori. Xalq istagi va orzularini röyobga çiqaradiganlar ham ular. Ammo bizda deputatlik joyiga şu joydan ketganidan keyin ötiriladigan mansab uçun kelinadi. Şuning uçun ularning tafakkuri xalqqa emas, mansabdorga kerak qonunlarni qabul qilişga örgangan.
Hozir söz erkinligini ta’minlaş böyiça hatto prezident qat’iy iroda körsatyapti. Lekin jurnalistlar himoyasiga oid bir neçta qonunlar bugun deputatlar qölida turibdi. Masalan, jurnalistlarni himoya qilişga oid qonunni oling. Uşbu qonunda jurnalistlarning majburiyatlari bir yarim bet qilib belgilab qöyilgan. Agar jurnalist bu qoidalarni buzsa, katta miqdorda jarima belgilangan va qattiq jazolar oladi. Lekin qonunda uning faoliyati himoyasiz qolsa, bunga jazo bormi? Yöq.
Jurnalistlarni himoya qilişga oid qonunda uning faoliyati tegişli tartibda himoya qilinadi, deyilgan. Lekin öşa tegişli tartibning özi yöq.
Parlamentda «Televideniye va radioeşittiriş töğrisida»gi qonun loyihasi ham neça yillardan beri qabul qilinmay yotibdi. Bu qonun Tojikistonda köp yillar avval qabul qilingan va hozir işlayapti.
Şuningdek, bizda «Davlat sirlari töğrisida»gi qonun bor. Unda davlat sirlarining röyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, degan norma bor. Sovet ittifoqi davrida senzura bor edi, lekin biz aynan nima davlat siri ekanligini bilardik. Senzura bekor bölgaç, bu röyxat OAVning boş muharrirlariga berilişi kerak edi. Çunki inson davlat siri nima va nimalar sir tutilişi kerakligini bilişi lozim. Inson özi bilmaydigan narsasini qanday qilib saqlaydi?
Hozir birorta muharrirda bu sirlar röyxati yöq. Şuni qonuniy qilib kiritsa böladimi, böladi. Uzoqqa bormaylik, qöşnimiz Tojikistonda «Davlat sirlari töğrisida» qonun bor.











