2 fevraldan barcha hududlardagi «gaz-zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Sovuq kunlarda tabiiy gazni aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning me’yorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash imkoni yaratilmoqda.
Joriy yil 2 fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida «gaz-zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
AGTKShlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshirilishi aytilgan.
«Gaz-zapravka»lar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.
O‘zbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning iste’mol hajmi keskin oshib borishi kuzatilgan.
Shu sababli ijtimoiy ahamiyatga molik obektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday ulgurji iste’molchilar, xususan, AGTKShlarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
20:03 / 22.11.2024
Gaz qazib olishning qisqarishi 2 mlrd kubga yaqinlashdi, neft va benzin ishlab chiqarish ham kamayib boryapti
11:31 / 22.11.2024
Energetika vazirligi: Issiqxonalarga gaz yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar yo‘q
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
08:59 / 21.11.2024