20 iyul kuni Farğona şahrining Yangi asr köçasida joylaşgan qurilişi tugallanmagan bino yonidan 11 yoşli qizçaning murdasi zörlaş va qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97- (Qasddan odam öldiriş), 118- (Nomusga tegiş) va 119- (Jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov davomida uşbu jinoyat sodir etişda gumonlayotgan şaxs (2006 y.t.) aniqlanib, protsessual tartibda uşlangan. Voqea sodir bölgan kuni gumonlanuvçining yonida bölgan ikki nafar şerikning uşbu jinoyatga aloqadorligi ham tekşirilmoqda.
“Sodir etilgan qilmiş jinsiy jinoyatlar toifasiga tegişli bölgani sabab boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi”, deyiladi Boş prokuratura bayonotida.
Avvalroq Yangihayot tumanida 12 yoşli qiz 29 yaşar erkak tomonidan zörlab öldirilgan, sud qotilni öta xavfli retsidivist deb topib, umrbod ozodlikdan mahrum qilgandi.
Çilonzor tumanidagi 230-sonli maktabgaça ta’lim taşkiloti mudirasining 15 yoşli öğli 4 nafar qizga tegajoğlik qilişda gumonlanib, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan, biroq jabrlanuvçilarning yaqinlari tergov işlari sust borayotgani, gumonlanuvçi hamon oçiqda qolayotganidan arz qilişgandi.
Sariosiyoda 4-sinf öquvçisi zörlangani, holat böyiça prokuror va IIB mas’ulining javobi bir-biriga töğri kelmayotgani haqida yozgandik.
Yangibozor tumanida voyaga yetmagan qizning nomusiga tajovuz qilganlar ma’lum bölsa-da, qizning ota-onasi tergov çözilayotgani, şu tariqa iş bosti-bosti qilinib, zöravonlar jazosiz qolişidan xavotirda ekanini











