Gaz quvurlarida bosim me’yordan pastligi sababli respublika böyiça jami 462 ta mahalladagi qariyb 62 mingta xonadonga tabiiy gaz yetib bormayapti. Bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boşçiligida qişni betalafot ötkaziş böyiça navbatdagi videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Tadbirda mutasaddilarga energetika tizimidagi kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça qöşimça vazifalar yuklanişi bilan birga oldingi topşiriqlar ijrosi böyiça ham hisobot söralyapti. 

«Ikki kundan buyon hududlarda va mutasaddi vazirliklarda ştablar faoliyati körsatmoqda. Lekin, amaliy işlar bilan birgalikda joylarda qator muammo va kamçiliklar hanuz kuzatilmoqda. Gaz quvurlarida bosimning me’yordan pastligi sababli respublika böyiça jami 462 ta mahalladagi qariyb 62 mingta xonadonga tabiiy gaz yetib bormayapti. 

Eng açinarlisi, vaqtinçalik çeklovlar kiritilgan bölişiga qaramay, gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari uçramoqda. 

Jumladan, birgina Jizzax viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlarda bir kunda 4 ta korxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan. Şuningdek, Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida joylaşgan “BEAUTY GLASS DECOR” şişani qayta işlaş korxonasi 2 dona şişa qayta işlaş peçlarida tabiiy gazdan foydalanib kelmoqda. Kunlik tabiiy gaz iste’moli 7 000 metr kubni taşkil qiladi. 

Bu iste’molçi kuz-qiş mavsumida tabiiy gazdan ajratilişi belgilangan bölişiga qaramasdan, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan tabiiy gaz yetkazib berilayotgani aniqlandi. 

Bunday holat qolgan barça hududlarda ham mavjud. Mana, masalan, Olmaliqdagi ğişt zavod gaz hisoblagiçlardagi onlayn modemni uzib, körsatkiçni «nol» qilib qöyib, gaz tarmoğiga noqonuniy ulangan. Eng qiziği, uşbu holat aniqlangaç, viloyat prokurori Prezident Administratsiyasi mas’ullaridan şu zavodni tarmoqdan uzmaslikni söragan. Prokurorning manfaati bormi bunday noqonuniy ulanişga? 

Bu taşkilotning Angrenda ham zavodi bor ekan. Maxsus komissiya Olmaliqqa kelganini eşitib darrov Angrendagi zavodni yopişibdi. Aniqlangan holatga köra ularga ham huquqiy baho berilib, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ularning orqasida kim turganigaça aniqlaymiz. 

Hokimmi, prokurormi yoki soliqçimi, kim noqonuniy harakatga til biriktirgan bölsa, javobgarlikka tortiladi», – deb ta’kidladi videoselektor çoğida Sardor Umrzoqov.