O‘zbekiston | 11:27 / 01.05.2024
12991
1 daqiqa o‘qiladi

Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi

U Buloqboshi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyati Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Furqatbek Bo‘taxonov Buloqboshi tumani hokimi lavozimida ish boshladi.

Furqatbek Bo‘taxonov 1985 yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida moliya, elektr ta’minoti, iqtisodiyot, investitsiya va aholi bandligini ta’minlash sohalarida g‘aznachi, hisobchi, bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis hamda tuman hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

U ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bundan oldin O‘tkirbek Ma’murov Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U Buloqboshi tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi. 

Mavzuga oid