Özbekistonda kuzatilgan anomal sovuq ob-havo kunlari Toşkent şahridagi oziq-ovqat dökonlari va umumovqatlaniş korxonalaridan taşqari barça savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, köngiloçar savdo markazlari va istirohat boğlari vaqtinça qisqartirilgan iş rejimiga ötkaziş tavsiya etilgan edi.
Şahar hokimligi buni aholi xonadonlariga elektr energiyasi va gaz ta’minotini uzluksiz yetkaziş maqsadi bilan izohlagan.
"Bugungi kunda havo harorati yaxşilanayotganligi va holat barqarorlaşayotganligi bois yuqoridagi barça korxonalar doimgidek iş rejimida faoliyat olib borişlari mumkin", deyiladi hokimlikning 26 yanvar kungi xabarida.
Eslatib ötamiz, 15 yanvar kuni şahar hokimligi soat 17:00 dan boşlab barça savdo va xizmat körsatiş obektlari, köngiloçar majmualar va istirohat boğlari yopilişini xabar qilgan edi.
Şu bilan birga, oziq-ovqat dökonlari, kafe va restoranlar odatdagidek rejimda işladi.
Avvalroq şahar hokimligi elektr tarmoğidagi yuklamani kamaytiriş va markazlaşgan issiqlik ta’minoti tizimidagi haroratni oşiriş maqsadida köp qavatli uylarning issiq suv ta’minoti tizimidagi haroratni kamida uç kun muddatga vaqtinça pasaytirişga majbur bölişini ma’lum qilgandi.

















