“Hozir juda ham hayajondaman, taassurotlarimni qanday tasvirlab berişni ham bilmayman. Bizni qöllab turgan hammaga, prezidentga, odilona hukm çiqargan sudga rahmat aytmoqçiman. Kelgusida IT yönalişidagi faoliyatimni davom ettiraman”, – dedi Sardor Rahmonqulov.

Uning onasi Saida Saydaliyeva ham jamoatçilik va prezident qöllab-quvvatlovidan minnatdor ekanini bildirdi.

“Juda ham hayajondaman, odil sudning bu qaroridan minnatdorman. Öğlim unga prezident tomonidan berilgan bu imkoniyatni oqlaydi” deydi ona.

Eslatib ötamiz, 21 yoşli Sardor Rahmonqulov 3 yil oldin sinfdoşiga yuborgan diniy qöşiq (naşida) diniy qömita xulosasiga köra, aqidaparastlik ğoyasi bilan yöğrilgan deb topilgan edi. Tergov vaqtida 7 oydan köproq qamoqda ötirgan Rahmonqulovga 2023 yil 30 yanvar kuni sud hukmi öqilib, u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Apellyatsiya instansiyasining ajrimiga muvofiq, Sardor Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartli hukmga özgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida ozod qilindi.