Sinfdoşiga Telegram messenjeri orqali diniy naşida yuborgani ortidan 5 yilga qamalgan 21 yaşar Sardor Rahmonqulov 2 mart kuni apellyatsiya sudi yakunida ozodlikka çiqdi.

Toşkent şahar sudi JIB sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining ajrimiga muvofiq, birinçi instansiya sudining hukmi özgartirildi: tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (şartli hukm qiliş) qöllanilgan holda şartliga özgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Şuningdek, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (uşlab turiş, qamoqqa oliş yoki uy qamoği vaqtini hisobga oliş qoidalari) tartibida Rahmonqulovning 7 oy 9 kun qamoqda saqlangani inobatga olinib, asosiy jazodan çegirib taşlandi.

Oliy sudning bu haqdagi bayonotida sud hukm çiqarişda “jamoatçilikning keng muhokamasi emas, balki qonunçilikda nazarda tutilgan adolat va şaxsni axloqan qayta tarbiyalaş singari tamoyillarga asoslangani” ta’kidlangan.

21 yoşli Sardor Rahmonqulov 3 yil oldin sinfdoşiga yuborgan diniy qöşiq (naşida) diniy qömita xulosasiga köra, aqidaparastlik ğoyasi bilan yöğrilgan deb topilgan edi. Tergov vaqtida 7 oydan köproq qamoqda ötirgan Rahmonqulovga 2023 yil 30 yanvar kuni sud hukmi öqilib, u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Holat jamoatçilik orasida keng muhokamalarga sabab böldi. Yoşlar işlari agentligi direktori, senator Alişer Sa’dullayev holatni örganib, unga yordam berişini bildirgandi.