Farğona şahrida haydovçiga hujum qilgan yölovçi qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti ma'lum qilmoqda.
Qayd qilinişiça, 15 may kuni soat taxminan 21:15 da M.M. Farğona şahar markazida haydovçi A.Z. bilan kelişib, uni “taksi” sifatida yollaydi. “Spark” avtomaşinasida Farğona şahar 8 mart köçasida joylaşgan adirlikka olib borib, A.Z. şaxsiy işi bilan avtomaşinasini töxtatib, pastga tuşganida avtomaşinani qölga kiritiş maqsadida M.M. yonida bölgan piçoq bilan haydovçiga hujum qiladi. Qorin sohasiga bir marotaba urib, transport vositasini bosqinçilik yöli bilan noma'lum tomonga olib qoçadi.

Mazkur holat yuzasidan Farğona viloyati böyiça olib qoçilgan avtomaşinani “tösib uşlaş” tadbiri e'lon qilinib, ötkazilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni sodir qilgan M.M. Farğona tumani “Oqtom” MFY hududida qölga olingan.
Yuqoridagi holat yuzasidan Farğona şahar IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan M.M.ga nisbatan JKning 267-moddasi 3-qismi “v” bandi (transport vositasini talon-toroj qiliş maqsadida bosqinçilik yöli bilan olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tergov harakatlar davomida M.M. avtomaşina haydovçisi A.Z. unga qöpol hazil qilgani, bu unga yoqmagani, şundan söng avtomaşinani olib qoçib, YPX xodimlarini çalğitiş maqsadida avtomobil davlat raqamlarini yeçib olgani, söng döstlariga yangi avtomaşinani maqtangani borganini, biroq YPX maskanidan ötayotgan vaqtida IIO xodimlari tomonidan majburiy ravişda töxtatilgani aniqlangan.
Avvalroq Özbekiston tumanida suv ortidan bir-birlarini toşböron qilgan şaxslar qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
















