O‘zbekiston | 15:20 / 29.07.2021
30988
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Shavkat Mirziyoyev samosval rulida

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni Olmaliq konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi ishlar bilan tanishish, shuningdek, «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish loyihasi doirasidagi yangi quvvat — 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshini qo‘yish maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘ldi.

Davlat rahbari kombinatga tashrifi davomida tog‘-kon sanoati texnikasini ko‘zdan kechirdi, «Belaz» samosvali rulida o‘tirib, mazkur avtomobil haydovchisi bilan suhbatlashdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov telegramdagi kanalida suratlar bilan bo‘lishdi.

Avvalroq, Surxondaryoga tashrif davomida prezident Angor tumanidagi «Angor Surxon g‘ururi» klasterida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirgan, g‘alla o‘rish kombaynini haydab ko‘rgani xabar qilingandi.

Prezident 2017 yili Yunusoboddagi yangi yo‘l ochilishida Malibu avtomobilini haydagan edi.

Mavzuga oid