2018 yilning 6 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev TIVda Afğoniston Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Said Şahobiddin Timuriy bilan uçraşdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralarda Toşkent şahrida bölib ötadigan Afğoniston böyiça «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik, şuningdek, boşqa ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Şuningdek, 6 mart kuni Ismatulla Irgaşev TIVda Germaniya Federativ Respublikasi favqulodda va muxtor elçisi Gyunter Overfeld bilan uçraşdi.

Uçraşuvda 2018 yil 26-27 mart kunlari Toşkent şahrida bölib ötadigan Afğoniston böyiça «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning kun tartibiga kiritiladigan masalalar tomonlar diqqat markazida böldi.