Asaka tuman hokimi birinçi örinbosari, hokim vazifasi bajaruvçisi Oybek Zaynobidinov tuman hokimligi xodimlarini mukofotlaş töğrisidagi farmoyişni imzoladi.
Farmoyişga ilova qilingan xodimlar röyxatida 27 sentabr kuni lavozimidan ozod etilgan Asaka tumani hokimi Mansurjon Alixonov ham bor. Sobiq hokim va yana 49 nafar xodimlar «iş haqi fondi hisobidan 2022 yil III çorak yakunlari böyiça oylik iş haqining 50 foizi miqdorida hamda ştatlar jadvalida belgilangan moddiy rağbatlantiriş fondi hisobidan 45 foiz miqdorida mukofotlangan.

Ma’lumot uçun, Mansurjon Alixonov yer munosabatlarini tartibga solişga oid qonunçilik hujjatlariga rioya etmagani va faoliyatida yöl qöygan boşqa jiddiy qonunbuziliş holatlari uçun prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ötkazgan tanqidiy yiğilişda lavozimidan ozod etilgandi.
«Asaka tumani hokimi janob Alixonov. Yer ajratiş masalasida 56 ta qaror bilan 2 ming 390 gektar yer noqonuniy ajratilgan. 2021—2022 yillarda, bir yarim yilning içida, yer bilan boğliq noqonuniy holatlar böyiça 15 ta jinoiy iş qözğatilgan. Niğmatilla Tölqinoviç (boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev), şunday, ha? Şuning uçun bugun prezidentimizning qarorlari bilan siz ham lavozimingizdan ozod etilasiz. Çiqib keting zaldan, bu zalda ötirişga haqqingiz yöq», — degan administratsiya rahbari.
Mansurbek Alixonov 2020 yil sentabridan buyon Asaka tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.

















