Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boşçiligida kengaytirilgan majlis bölib ötdi.

Majlisda AOKA direktori v.b. Komil Allamjonov va direktor örinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettiriş rejalari bilan boğliq murojaatlarini Prezident administratsiyasiga kiritişgani va uşbu murojaatlar Prezident administratsiyasi tomonidan körib çiqilib, qondirilgani haqida e'lon qilindi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov

Tadbir doirasida Agentlik direktori v.b. Komil Allamjonov va direktor örinbosari Saida Mirziyoyeva öz rahbarlik faoliyati davomida amalga oşirgan işlari haqida qisqa hisobot berişdi, şuningdek, kelajakdagi jamoatçilik yönalişi bilan boğliq rejalari borasida fikr bildirişdi.

Komil Allamjonov

«Majlis yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov Agentlik tomonidan erişilgan yutuqlarni alohida ta'kidlab, K.Allamjonov va S.Mirziyoyevaning respublikamizning OAV sohasida demokratik islohotlarni amalga oşirişda, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilişda, davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan özaro munosabatlari samaradorligini oşirişdagi şaxsiy hissalarini yuqori baholab, Özbekiston davlati rivojlanişi yölidagi kelgusi işlariga zafarlar tiladi», deyiladi AOKA matbuot xizmati xabarida.

Ma'lum qilinişiça, AOKA rahbarining birinçi örinbosari Dilşod Madraximoviç Saidjonov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.