O‘zbekiston | 12:20 / 17.05.2021
61956
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident matbuot kotibi Isroil-Falastin ziddiyati bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini bildirdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda Isroil-Falastin ziddiyatiga oid O‘zbekiston rasmiy pozitsiyasini bildirdi.

Foto: AFP

Tadbirda ishtirok etgan jurnalist Jahongir Olimov “Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muloqot qildi. Unda Yaqin Sharq masalasi ham muhokama qilindi. Umuman, O‘zbekistonning bu boradagi pozitsiyasi qanday?” deya savol berdi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov savolga quyidagicha javob berdi:

“O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskin tus olishidan juda ham xavotirda. Buni alohida ta'kidlab o‘tmoqchiman, tomonlar zo‘ravonlikka chek qo‘yishi, qon to‘kilishini darhol to‘xtatishi va bu borada hamma imkoniyatlarini safarbar qilishi kerak, deb o‘ylaymiz. 

Bundan tashqari, Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligi status-kvogacha bo‘lgan holatga qaytishi va tiklanishi kerak, deb bilamiz. Umuman olganda, Falastin-Isroil muammosi xalqaro me'yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida, xususan, Birlashgan millatlar tashkilotining tegishli rezolyutsiyalari hamda biz ko‘p yillardan buyon qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ikki xalq uchun ikki davlat tamoyili ostida yechilishi kerak”.

Mavzuga oid