«Özbekiston» anjumanlar saroyida Özbekiston va Tojikiston san'at ustalari iştirokida «Döstlik oqşomi» nomli konsert bölib ötdi.

Tadbirda Prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon iştirok etdi. 

Özbekiston rahbari özbek va tojik xalqlari azaldan yonma-yon yaşagani, qiyinçiliklarni birgalikda yengib ötganini ta'kidladi.

«Özbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki şoxi, bir daryoning ikki irmoğiga öxşaydi. Bizning muqaddas dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Quvonçu taşvişlarimiz, taqdirimiz muştarak. Ajdodlarimizning ezgu an'analarini davom ettirib, xalqlarimiz döstligini mustahkamlaşimiz va asrab-avaylaşimiz kerak», deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni öqib eşittirildi. Emomali Rahmonga davlatimizning «El-yurt hurmati» ordeni topşirildi.

Keyingi yillarda faollaşgan madaniy-gumanitar aloqalar  xalqlarimizni yanada yaqinlaştirmoqda. Döstlik delegatsiyalari taşrifi va ijodiy safarlar uyuştirilib, madaniyat kunlari, konsertlar, körgazmalar, anjumanlar ötkazilmoqda.

«Döstlik oqşomi» tobora mustahkamlanib borayotgan Özbekiston va Tojikiston hamkorligi, xalqlarimiz döstligining yana bir ifodasi böldi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Tojikiston Prezidenti ertaga, 18 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov va Boş vazir Abdulla Aripov bilan uçraşuvlar ötkazadi, Samarqand şahrini ziyorat qiladi.