Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolarini viza talablaridan ozod qilish istiqbollarini o‘rganmoqda
O‘zbekiston elchisi Saudiya Arabistoni TIV rahbari o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining konsullik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ali al-Yusuf bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Unda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlarni o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini viza talablaridan ozod qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Ali al-Yusuf O‘zbekistonning mintaqada ilg‘or rivojlanib borayotganini va bir qator yirik tadbirlarga mezbonlik qilayotganini e’tirof etdi. Xususan, joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi yuqori darajada bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi. Shuningdek, shu yil mart oyida Ar-Riyod shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi ham muvaffaqiyatli o‘tgani qayd etildi.
"2023 yil 1 yanvar oyidan boshlab Saudiya fuqarolariga O‘zbekistonga 30 kun muddatda vizasiz kirish tartibini joriy etilgani bizni juda quvontirdi. Bu o‘z o‘rnida sayyohlar oqimini oshishiga, o‘zaro savdo hajmining ortishiga turtki bo‘lmoqda", dedi Saudiya Arabistoni TIV rahbari o‘rinbosari.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024