Bugun, 15 iyul Özbekistonda 200 ming sömlik banknota muomalaga çiqarildi.

Yangi banknot ham Buyuk ipak yöli tematikasida. Uning dizayni Farğona vodiysining qadimiy tarixiga bağişlangan.

Markaziy bankning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, 200 ming sömlik banknotlarni çiqarişdan maqsad – naqd pulda tölovlarni amalga oşirişda aholiga qulaylik yaratişdir.

“Jahon tajribasida soha mutaxassislarining tavsiyalariga köra, eng katta nominaldagi banknotlarning jami muomaladagi naqd pullardagi salmoği 50 foizga yaqinlaşganda kattaroq nominaldagi banknotni muomalaga çiqariş çoralarini köriş lozim.

Tahlil natijalariga köra, 2022 yil 1 iyul holatiga 100 000 sömlik banknotlarning jami muomaladagi naqd pullardagi salmoği yil boşidagi 34,8 foizdan 43,4 foizga kötarilganini körsatdi.

Iqtisodiyot kengayişi ortidan naqd pul aylanmasi, muomaladagi naqd pullar hajmining oşgani va ösiş dinamikasining davom etayotgani 200 000 sömlik banknotni muomalaga çiqariş jarayonini tezlaştiriş zaruriyatini yuzaga keltirdi”, – deyiladi Markaziy bank izohida.

Özbekistonda barça qoğoz pul belgilari Buyuk ipak yöli mavzusidagi yangi banknotlarga almaştirilmoqda. Bu tematikadan taşqarida qolayotgan yagona kupyura – ming sömlik esa tanga şakliga ötkaziladi. Ming sömlik tanga dizayni hozirça e’lon qilinmadi, dizaynni Senat kengaşi ma’qullagan.

Madina Oçilova,
Abdusalim Abduvohidov,
Kun.uz