Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining 2019 yil 1 iyuldan quyidagi tartibni o‘rnatish haqidagi taklifi ma'qullandi:
davlat soliq xizmati organlari soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli ijro hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar summasi eng kam ish haqi miqdorining kamida uch yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida yigirma karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin;
tugatishga doir ish yuritish muddati to‘qqiz oydan oshmasligi lozim, alohida hollarda ushbu muddat bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning iltimosnomasiga asosan sud qarori bilan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin;
benefitsiar va affillangan shaxslarning birgalikdagi xatti-harakatlari oqibatida soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari aniqlanganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi mazkur shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiar javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi;
bankrotlik taomillari qo‘llanilgan qarzdorlarning mol-mulki sud boshqaruvchilari tomonidan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali sotiladi.
Mavzuga oid
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025