Prezidentning may oyidagi qaroriga asosan, 2020/2021 öquv yilidan boşlab abituriyentlar OTMga kiriş uçun 5ta fandan imtihon topşiradi.

Savollar majmuasining birinçi bölimiga barça test topşiruvçilar uçun majburiy 3ta fan: ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Özbekiston tarixi fanlari kiritiladi. Ikkinçi bölimdagi savollar esa tanlangan bakalavriat ta'lim yönalişiga mos ikkita fandan iborat böladi.

Majburiy fanlar bölimidagi test topşiriqlari uçun 2,1 baldan (jami 94,5), ta'lim yönalişiga mos fanlar bölimidagi test topşiriqlari uçun 3,1 baldan (jami 186) berilişi nazarda tutilmoqda. Bunda abituriyent töplaşi mumkin bölgan umumiy ball 280,5ni taşkil qiladi.

Kun.uz muxbiri yangi tartib yuzasidan töliqroq ma'lumot oliş uçun Davlat test markazi boşqarma boşliği Sevara Zuparxodjayeva bilan suhbatda böldi.

Sevara Zuparxodjayeva

– Test tizimiga bunday özgartiş kiritilişining asosiy sababi nima?

– Biz xorijiy davlatlar tajribasini örgangan holda ulardan imkon qadar ta'lim tizimimizga mos bölgan va ta'limimizning rivojlanişiga hissa qöşa oladigan jihatlarni özlaştirişga harakat qilyapmiz. Jumladan, ötgan 2017-2019 öquv yilida DTM xodimlari  Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya, Qozoğiston kabi bir qança davlatlarda bölib, ularning oliy öquv yurtlariga qabul qiliş tizimini örganib çiqdi.

Ayrim xorijiy davlatlar tajribasida kiriş imtihonlariga ona tili va matematika kiritilganiga guvoh böliş mumkin. Yoki Turkiya kabi boşqa qator davlatlarda davlat tarixidan imtihon topşiriş belgilab qöyilgan.

Bizda ham matematika, ona tili va Özbekiston tarixi fanlaridan kiriş imtihonlarida majburiy test olinişining asosiy maqsadlaridan biri – bitiruvçilarning dunyoqaraşini kengaytirişdir.

Oxirgi yillarda abituriyentlar orasida maqsadli kiriş imtihonlariga tayyorlanganda, afsuski, faqat 2ta, hatto faqat birinçi blokdagi fanni yaxşi özlaştirib, talaba bölaman, degan qaraş şakllanib qoldi.

Uçinçi blokdagi fandan tayyorlanmasdan ham, tavakkalçilik asosida talaba bölganlar ham bor. Ularni omadi kelganlar deb ataşimiz mumkin. Şuningdek, tavakkalçilarni «stolbaçilar» deb ham ataşadi.