Özbekiston Respublikasi prezidenti «Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar körsatiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713–I-sonli qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga quyidagi özgartiş kiritildi:
27-moddaning birinçi qismidagi va 28-moddaning matnidagi «mazkur fuqarolarga, ularning oila a'zolariga, şuningdek uşbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yaşayotgan fuqarolarga» degan sözlar «mulkdorlarga» degan söz bilan almaştirildi.
Uy-joy kodeksining 27-moddasida şunday deyilgan: Yer uçastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilişi lozim bölgan fuqarolarni turar joy bilan ta'minlaş.
Endilikda, fuqarolar mulkida bölgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga, ularning oila a'zolariga, şuningdek uşbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yaşayotgan fuqarolarga emas, balki faqat mulkdorlarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bölmagan sahndagi, barça qulayliklari bölgan, avvalgisiga teng qimmatli boşqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati tölanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boşqa imoratlar, inşootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, şuningdek yer uçastkasiga bölgan huquqning bozor qiymati töliq hajmda tölanadi.
Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uçastkasiga bölgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uçastkasiga bölgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bölgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinişi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uçastkasiga bölgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uçastkasiga bölgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bölgan taqdirda esa, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uçastkasiga bölgan huquq berilgan paytdan e'tiboran beş yil içida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinişi lozim.
Uy-joy kodeksi 28-moddasi quyidagiça tavsiflanadi: Yer uçastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolarga mulk huquqi asosida tegişli bölgan uylar (kvartiralar) buzilganda yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer uçastkasi beriş.
Özgartiş bilan yer uçastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolar mulkida bölgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda,

















