Muxlislar nega aldandi? Şohjahon Ergaşevning profi-boksdagi ğalati qadamlari haqida
|23:35 / 11.06.201990 69213 min
Oldinga ötib bir narsani aytib ötay bu maqolani yozişdan köra, yozmaslikka köproq harakat qilgandim. Taxminan bir yilça oldin şunday maqola yoziş ğoyasi tuğilgan bölsa-da, doim bu fikrdan qaytişga uringanman. Çunki barça öylaganlarim xato bölib çiqişini istardim. Afsuski, har safar aksinça bölib çiqaverdi. Sönggisi ötgan hafta oxirida sodir böldi.
2016 yilgi Rio olimpiadasi özbek boksi uçun butunlay yangi davrni boşlab berdi desak yanglişmagan bölamiz. Öşa avgust Özbekistonda birinçi raqamli sport turi qaysi degan savolni ham örtaga çiqargandi. Boksga bölgan qiziqiş keskin ravişda oşgandi. Özbek boksçilariga bölgan e'tibor ham xuddi şu darajada ösgandi. Aynan öşa pallalarda özbek professional boksida yangi nom — Şohjahon Ergaşev paydo böldi. Avvaliga «17 yoşli nokautçi» nomi bilan internetda dong taratgan bu boksçi köpçilikning oğziga tuşdi. Öşandan keyin bu sportçi haqida ma'lumot töplaş niyatida internet orqali qidiruvlar berdim. Boksçilarning statistikalari, barça natijalari haqida töliq ma'lumotni topiş mumkin bölgan Boxrec portali orqali uning yoşi (öşa vaqtda Ergaşev 25 yoşda edi) kattaroq ekani, Rossiyada janglarda iştirok etişini aniqladim. Bu orada özbek sport naşrlari u haqida bot-bot yoza boşlagandi. Öşanda e'tibor qaratganim, negadir Şohjahonning öziga tayanib matbuotda uning janglari soni bittaga köpaytirib berilar, ammo Boxrecʼda bu körsatkiç bitta kam çiqardi. Agar rostdan qiziqsangiz, eski arxivdagi xabarlarini bir izlab köring: masalan Şohjahonning nisbatan jiddiyroq ilk jangi - Sonni Fredriksonga (21-1, 14 KO) qarşi jang uning faoliyatidagi 11-jangi bölgan. Lekin deyarli hamma xabarlarda bu 12-jang sifatida körsatilgandi.
Keyingi ham xuddi şunday sanoqda davom etgan. Faqat Maykal Foksga qarşi janggaça. Işi faqat ğalabani yoziş, bevosita aloqador bölmasa ham professional boksdagi ğalabalarni (albatta mağlubiyat yozilmaydi) doim yoritib boradigan Milliy olimpiya qömitasi rasmiy saytidagi Şohjahon haqidagi xabarlarni öqib köring. Hammasida şunaqa - albatta bitta jang köpaytirib körsatib kelingan. Yuqorida aytganimdek, Foks bilan jangdan keyin negadir hisob-kitoblar töğri bölib qoldi.
Qisqasi mana şu holat boşida menga biroz ğalati köringandi. Texnik xatodir, aldaşmayotgandir deb köpam e'tibor bermadim. Ammo Şohjahonning keyingi faoliyati haqidagi xabarlar borgan sari ğalatilaşib boraverdi. Ehhe, u haqda qanday xabarlar çiqmadi deysiz, uning qöli sinsayam, ringga çiqqani haqida yozişdi, Moskvadagi janglari asosiy sport kanali «Matç TV», «Boks Tv» kanallari orqali namoyiş etilişini yozişdi.
Mavzuga oid
Singan qöli haqida aniq ma'lumotga ega böla olmadik-ku, lekin «Matç TV» haqidagi gaplari doim xato bölib çiqaverdi
. Bunga oddiy misol - Juma Vasvaga qarşi jangi. Öşa vaqtlardagi afişalarni bir qidirib köring...
Albatta, bular bir qaraşda juda mayda mavzular. Ammo yuqorida aytganimdek, barçasi faqat şular bilan tugaganida bu maqola heç qaçon hayot yuzini körmagan bölardi. Sönggi oylarda yana yolğonlar avj oldi. Tuşunarli, har bir sportçi uçun «piar» kerak. Ular özlarini reklama qilişi, keng ommaga yoyişga urinişi normal holat. Xorij tajribasida ham bu an'anaviy holatga aylangan. Sport bu biznes. Istaymizmi yöqmi bunda pulning roli juda katta. Birinçi örinda ham desa böladi. Şohjahon va uning promouterlari şu ma'noda reklama uçun harakat qilgan bölişlari mumkin. Ammo reklama faqat yolğondan iborat bölib qolsa-çi? Afsuski, oxirgi vaqtlarda Şohjahon haqidagi xabarlarning barçasi oxir-oqibatda yolğon bölib çiqaverdi, çiqaverdi...
Keling ularni birma-bir sanaşni boşlaymiz.
2018 yilning oxirlaridan boşlaymiz. Şohjahon navbatdagi janglarini ötkazganidan keyin Özbekistonga qaytdi va doimgidek bir qator naşrlarga intervyu berdi. Oldin ham doimiy ravişda tez orada «jahon çempionligi kamarini tez orada Özbekistonga olib kelaman» (birinçi marta bu intervyu berganiga ham adaşmasam, yil böldi. Lekin öşa «tez orada» haligaça kelmayapti) deyişni kanda qilmaydigan Şohjahon bu safar IBF International çempionlik kamari uçun ringga çiqişini aytdi. YouTube tarmoğidagi asosan şou-biznes vakillari bilan suhbatlaşadigan bloger bilan suhbatini köring, TVga bergan intervyularini köring, hammasida bu haqda aytgan. Ammo undan keyin u ikkita jang ötkazdi hamki, kamar uçun jang qilmadi. Sportçining özi oğzi bilan aytgani uçun deyarli barça naşrlar bu haqda yozgandi. Ammo bu xabar ham yolğon bölib çiqdi. Umuman olganda, Şohjahonning birinçi çempionlik kamari haqidagi xabar 2017 yilning yozida çiqqandi. Öşandayoq saytlar uning Rossiyada çempionlik kamari uçun jang qilişi haqida yozgandi, ammo yakunda u faoliyatidagi 6ta jangning 5tasida yutqazgan, Şohjahondan keyin umuman ringga qaytib çiqmagan tojikistonlik bir boksçi bilan jang qilgandi.
Keyingi xabar uning Maykal Foksga qarşi jangidan söng çiqdi. Aeroportda kutib olingan Ergaşev TV qarşisida hali e'lon qilinmagan WBA reytingida birinçi öringa çiqqanini, aprel oyida WBA jahon çempionlik kamari vakant bölişi va u çempionlikka birinçi raqamli da'vogar sifatida ringga çiqişini e'lon qilib yubordi. Bunga oddiy muxlis işonişi va xursand bölişi mumkin, ammo boksni çuqurroq tuşunadigan muxlis bunga işonmagani aniq.
Tuşuntiraman. Şohjahon ringga çiqayotgan super yengil (-63,5 kg) vazn toifasining WBA çempionlik kamari öşa vaqtlarda belaruslik Kirill Relixga tegişli edi. U prof-boksdagi yangiça formatdagi turnir Butunjahon boks super seriyalari (WBSS) musobaqasida iştirok etayotgan çorak finaldagi ğalabasi evaziga endi yarim finalda AQŞ vakili Rejis Progrega qarşi jangga çiqişi kerak edi. Jang ğolibi esa finalda eng yaqini bilan sentyabrda (hozirgi vaqtda final sentyabrdan ham keçikişi kutilmoqda) IBF çempionlik kamarini birlaştiruvçi jangda iştirok etişi lozim edi. Tuşunyapsizmi, bir söz bilan aytganda, Şohjahon reytinglarda bölgan ikkala yönalişda ham çempionlik uçun janglar kamida 2019 yil yakuniga qadar band. Ammo Şohjahon, bilmadim, balki promouterlariga işonibmi, yoki özi şunçakimi, aprelda çempionlik uçun jang qilişini aytib yubordi va kutilganidek aprelda heç qanday jang bölmadi.
Oradan köp ötmadi. 1 mart kuni WBA yangilangan reytingi e'lon qilindi va unda Şohjahon reytingda bor-yöği bir poğona kötarilib 4-öringa joylaşgani ma'lum böldi. Ammo şunda ham u turli tadbirlarda maşhur şarhlovçilar nomidan birinçi raqamli sifatida e'lon qilinaverdi. Keyinroq öşa xabarlarni özlari körişgandir, jim bölib ketişdi. 2018 yilda WBA International kamari qölga kiritilganidan keyin u kamarni biror marta himoya qilmagan va kamar undan olib qöyilgandi. Faqatgina matbuot buni ança vaqt ötib yozganidan keyin uning taniştiruvlarida bu unvon qöşilmaydigan bölgandi.
Keyingi xabar Ergaşevning maşhur promouter Freddi Rouç bilan işlaşi haqida böldi. Afsonaviy Menni Pakyaoning sobiq ustozi Şohjahonni çempionlik jangiga tayyorlaşi haqida hamma saytlar yozdi. Köp ötmay Şohjahonning öziga bu borada savol berişganida u hali birinçi xabar sovimay ikkinçi xabarni berdi: «Menga Rouç varianti yoqmayapti, bu promouterlarimning tanlovi, men Gennadiy Golovkinning ustozi Abel Sançes bilan işlamoqçiman». Afsuski bu ikki gap aytilganidan buyon uç oy ötar-ötmas, bu ham yolğon ma'lumot bölib çiqdi. Şohjahon Abel Sançes tugul, özi xuşlamay turgan Freddi Rouç bilan ham işlamadi. Hattoki Amerikaga ham bormadi. Mazkur maqola yozilayotgan vaqtda internetdan u Abel Sançes bilan işlamoqçi ekani haqida xabarni qidirdim. Işonasizmi, 2017 yilning yozidagi xabar çiqib qoldi. Öşanda Ergaşev AQŞga birinçi marta ketayotgani va u yerda Abel Sançes unga ustozlik qilişini aytgan va buni saytlar xabar sifatida yozgan ekan... Öşa vaqtlarda bir neça yengilmas boksçilarga qarşi ringga çiqiş haqida ham xabarlar berilgan, lekin öşa janglarning birortasi ham ötkazilmagan.
Eng sönggisi ötgan haftada ma'lum böldi. Avvaliga Şohjahon özi Rossiyada vaqti hamkorlik qilayotgan YouTube tarmoğidagi ommabop kanallardan birida puerto-rikalik yengilmas Danielito Zorrilyaga qarşi ringga çiqişi haqida xabar tarqatdi. Xabarlarda puerto-rikalik boksçi Moskvaga kelişi e'lon qilindi va eng qimmat 50 dollardan bölgan çiptalarni sotişdi. Ammo jangga bir kun qolganida göyoki «Zorrilyaning tobi qoçib qolgani» aytilib, u kelolmasligini bildirişdi. Albatta prof-boksda janglarning bekor böliş holati tez-tez uçrab turadi. Bunga ajablanmaslik mumkindir, ammo sinçkov muxlis internet rivojlangan zamonda hamma narsani bilib olişi mumkin. Zorrilyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini kuzatsangiz, undan bir yoki ikki hafta oldin ham hattoki Moskvaga keliş rejasi ham bölmaganini payqaş mumkin. U postlarining birida 15 iyun kuni Amerikada ringga çiqişiga ham işora qilib ketgan. Lekin Şohjahon uni bir kun qolganida betob bölib qolgani uçun kelmaganini aytyapti. Ergaşev şu kuni familiyasi hazillarga sabab bölgan navbatdagi «ötkinçi» raqibga qarşi 6 raundlik jang ötkazdi. Lekin bu jang biz yuqorida eslagan eng asosiy boks portali Boxrec natijalar bölimidan öçirib taşlangan. Ya'ni jang rasmiy maqomda emasligi qayd etilgan.
Bir narsani yaxşi tuşunaman. Sportda biror natijaga, biror mavqega erişişning özi bölmaydi. Nohaqliklar, yana boşqa qator sabablar tufayli köplab iqtidorlar özini körsata olmasdan, faoliyatini tugatib, tirikçilik uçun boşqa kasblarga özini urişga majbur bölişadi. Şohjahon ham köp bora aytganidek havaskor boksda nohaqliklarga uçragandir. Bunisini yaxşi bilmayman oçiği. Şunday holatida u prof-boksga ötib, bugun Özbekistonga yetarliça muxlisga ega boksçiga aylana oldi. Nom çiqardi. «Qölingdan kelsa, sen ham şu darajaga çiq» deyişni yaxşi köradiganlar köp, buni bilamiz. Lekin bir narsani unutmaslik lozimki, hamma öz işida «qölidan kelganini qiladi». Men Şohjahonning qanday boksçi ekani haqida gapirmayapman. Uning iqtidoriga şubha yöq. Yuqorida kötarilgan mavzu, uning atrofida, ringdan taşqaridagi ğalati, aytiş mumkin bölsa isbotlanmagan bayonotlari haqida edi.
Şohjahonning kelgusida rostdan ham jahon çempionlik kamari uçun çiqişini men ham sizdan, har bir muxlisdan köproq istayman, xohlayman. Çunki bu özbek sportining yutuği böladi. Özbek sportining bunday darajadagi yutuğidan faxrlaniş kerak, albatta. Ammo buni barçasini maydonda, ringda körsatib isbotlaş çiroyliroq bölardi. Muxlislarni, ommani aldab emas. Bugungi muxlisni aldab bölmaydi.
Yuqorida avvaliga bu maqolani yozişni istamaganimni aytdim. Umid qilamanki, nega baribir yozişga qaror qilganimni tuşungandirsiz. Faqat birgina sportçi qisqa faoliyatini butun boşli tanqidiy maqola qilib yoziş ham töğri emas, deganlar topilişi mumkin edi. Ammo bu gaplar töxtamagaç, davom etgaç yozmasam bölmasligini tuşunib yetdim. Maqola orqali kimnidir yomon körsatiş niyatim yöq. Şunçaki mavjud aniq faktlar va uning oqibatlarini sanaşga harakat qildim. Bor gap şu.
Tilagimiz, Şohjahon nihoyat çempionlik uçun jang qilsin, ğalaba qozonsin. Lekin buning uçun yolğon xabarlar bilan muxlisni aldaş şart emas. Bugun çempionlik uçun kuraşiş imkoniyati yöq bölsa, reyting janglarini davom ettiraversin, vaqti kelganda, imkoniyat bölganda çiqsin va öşanda haqqoniy axborotlarni tarqatsin. Öşanda Şohjahon çempionlik kamarini qölga kiritsa birinçi bölib özim uni tabriklab maqola yozişga va'da beraman. Yolğonlarni çetga surib, jiddiylaşiş vaqti allaqaçon kelgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi