Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional boksçilarning yangi reytingini e'lon qildi. GoSport.uz xabariga köra, unda özbekistonlik boksçi Şohjahon Ergaşev (16-0, 14 KO) mavqeyini yaxşilab oldi.
Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida iştirok etayotgan Şoxjahon Ergaşev fevral oyi reytingida bir poğona yuqorilab, 4-öringa kötarilgan. Ötgan oydagi reytingda 15-örinda bölgan boşqa bir özbekistonlik çarm qölqop ustasi Şahram Ğiyosov esa reytingni tark etgan.
Şohjahon Ergaşev 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarşi ringga çiqqan va unda oçkolar böyiça ğalaba qozongandi. Ergaşev özining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni ötkazadi. Nyu-Jyersi ştatining Atlantik Siti şahrida joylaşgan Boardwalk Hall arenasida ötkazilişi rejalaştirilgan jang 10 raundga möljallangan.
Şahram Ğiyosov 23 fevral (Toşkent vaqti bilan 24 fevral) kuni Meksikada mahalliy boksçi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beşinçi raundda texnik nokaut evaziga mağlubiyatga uçratgandi. U 26 aprel kuni Kaliforniya ştatining Inglvud şahrida joylaşgan maşhur kazino markazi Forum saroyida sakkizinçi jangi uçun ringga kötariladi.
Yangilangan reytingda ikkinçi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga çiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 1-örinda joylaşgan va jahon çempionlik kamari uçun birlamçi da'vogar nomini saqlab qolgan.
Şuningdek, super yarim örta (-69,85 kg) vazn toifasida bitta jang ötkazgan Isroil Madrimov (1-0, 1KO) esa reytingda 9-örinda qolmoqda.

















