Professional ringda mağlubiyatsiz odimlayotgan boksçimiz Şohjahon Ergaşev biroz avval AQŞning Kanzas ştatida faoliyatidagi 16-jangni yakunladi.

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, mazkur bahsda hamyurtimizga amerikalik çarm qölqop ustasi Maykl Foks raqiblik qildi.

Foto: SHOWTIME Boxing

10 raundga möljallangan jang töliq davom etdi. Bahs hamyurtimiz uçun oson keçgani yöq. Şunday bölsa-da, Şohjahon yakunda oçkolar hisobiga köra ğalaba qozondi.

Foto: SHOWTIME Boxing

Şu tariqa, 27 yoşli Şohjahon Ergaşevning professional boksda ötkazgan janglari soni 16 taga yetdi. U janglarning barçasini (14 tasini nokaut evaziga) öz foydasiga hal etgan. Foks esa faoliyatidagi ilk mağlubiyatni qabul qilib oldi. U bungaça 19 marotaba ringga kötarilib (5 ta nokaut), janglarning barçasida ğalaba qozongandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şohjahon Ergaşevdan WBA International kamari olib qöyilgan haqida xabar berilgandi.

Şohjahon Ergaşev IBF çempionlik kamari uçun jang qiladi