“2022–2026 yillarga möljallangan yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi” taqdimotida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov Özbekistonda boşlanayotgan Konstitutsiya islohoti haqida gapirdi.
Saidov Konstitutsiya islohoti nega zarur bölib qolgani va butun dunyo davlatlarida konstitutsiyalar yangilanayotganini ta’kidladi.
“Karl Marks va Fridrix Engelsning «Kommunistik partiya manifesti» birinçi jumlasi, – deydi Akmal Saidov, – Yevropada kommunizm şarpasi kezib yuribdi, degan söz bilan boşlangan. Men şuni sal boşqaçaroq qilib, hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar şarpasi kezib yuribdi, demoqçiman.
Oxirgi 25 yilda 100dan ortiq davlatda konstitutsiyaviy islohotlar bölyapti. Faqatgina 21 asrda 57ta davlatda konstitutsiya qabul qilindi. Hozir biror davlatda özgartiriş kiritilmagan konstitutsiya qolmadi”.
Taqdimot davomida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining birinçi örinbosari “NNT töğrisida”gi kodeksni işlab çiqiş masalasiga ham töxtaldi.
Unga köra, islohotlarni fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatçilik nazoratisiz tasavvur qilib bölmaydi. Şu sabab ham Özbekistonda “NNT töğrisida”gi kodeksni işlab çiqişga ehtiyoj bor.














