Yermakning sözlariga köra, Amerika qöllab-quvvatlovi davom etmasa, Ukraina uruşda mağlub bölişi «xavfi katta».

«Biz şu pozitsiyalarni saqlab qolişimiz va şunçaki omon qolişimiz ham qiyin böladi», — deya qöşimça qilgan u seşanba kuni Vaşingtondagi AQŞ Tinçlik institutida qilgan çiqişida.

Yermakning vaziyatni boriça baholovçi ma’lumotlari prezident Zelenskiy amerikalik senatorlar bilan rejalaştirilgan videokonferensiyadan boş tortişidan bir neça soat oldin yangradi, prezident bu çiqişida harbiy harakatlar borişi töğrisida xabardor qilişni közlagandi.

Senatda köpçilikni taşkil qiluvçi demokratlar yetakçisi Çak Şumer tafsilotlarni keltirmasdan bergan ma’lumotga köra, sönggi lahzalarda ukrainlar yetakçisining keçiktirib bölmaydigan işi çiqib qolgan.

Yermakning bayonoti Oq uy yana bir bor Ukrainaga qöşimça harbiy yordam ajratilişiga urinayotgan mahalda yangramoqda.

Ayni vaqtda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Yermak, Oliy Rada raisi Ruslan Stefançuk, Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov kabi nomlardan iborat katta delegatsiya Amerikada bölib turibdi. Foto: Brendan Smialowski/AFP via Getty Images

Şu bilan birga, Kongress hamon kelgusida ham Kiyevni moliyalaştiriş imkonini beradigan murosaga yaqinlaşgani yöq. BBC’ning Şimoliy Amerikadagi muxbiri Entoni Zurker Kongressdagi vaziyatni tahlil qildi.

Moliyalaştirişdagi boşi berk köça

«Bizda pul tugab qoldi va amalda vaqtimiz ham tugayapti», — deya yozgan duşanba kuni Oq uy ma’muriy-budjet boşqarmasi direktori Şalanda Yang demokratlar va respublikaçilar yetakçilariga murojaatida.

U agar Kongress yil oxirigaça Ukrainaga qöşimça harbiy yordamni ma’qullay olmasa, bu mazkur mamlakatning Rossiyaga qarşi kuraşiş harakatlariga putur yetkazişi va qöşimça mablağ jalb etilişi mumkin bölgan «sehrli tuvakça» qolmasligi haqida ogohlantirgan.

Ammo duşanba kuni Vakillar palatasi spikeri, respublikaçi Mayk Jonson demokratlarning Ukrainaga önlab milliard dollar miqdoridagi qöşimça yordam körsatiş töğrisidagi çaqiriqlarini rad etdi.

«Bayden ma’muriyati Ukrainada aniq strategiya yöqligi borasidagi, mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş yoki amerikalik soliq tölovçilar tomonidan taqdim etilgan yordam uçun javobgarlikni adekvat ta’minlaş böyiça bizni taşvişlantirayotgan savollardan birortasiga javob bera olmadi», — deya yozgan u feysbukda.