Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi oxirgi 2 oy içida 15 nafar bola “Dok-1 MAKS” preparati sababli vafot etgan bölişi mumkinligini ma’lum qildi.

Markazning şu mazmunda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasiga 15 dekabr kuni çiqargan xati ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab böldi.

Markaz boş vraçi M.Azizov “Dok-1 MAKS” preparatidan foydalangan aksariyat insonlar uning nojöya ta’siridan şikoyat qilganini bildirgan. Boş vraçga köra, bu dorini iste’mol qilgan bolalarda buyrak zararlanişi va yetişmovçiligi belgilari kuzatilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi bu borada örganiş işlari boşlangani, Farmatsevtika agentligi esa 22 dekabrdan boşlab dorining Özbekistondagi savdosi töxtatilganini ma’lum qildi.

Kun.uz muxbiri Samarqand viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida bölib, holatni örgandi.

Markaz boş vraçi örinbosari Fazliddin Fayzullayev biz bilan suhbatda vaziyatga izoh berdi.

“Odatda kuz-qiş mavsumida yoş bolalarda nafas yöllari bilan boğliq muammolar, şamollaş va tana haroratining oşişi köp kuzatiladi. Sönggi oylarda bizning markazimizda buyrak yetişmovçiligi bilan oğrigan bemor bolalar soni ortdi. Biz ularning ota-onalari bilan suhbatlaşganimizda, ularning aksariyati tana haroratini tuşiriş va davolaş maqsadida “Dok-1 MAKS” preparatidan foydalanganini ma’lum qildi. 17 nafar bemor bolalarda kasallik nihoyatda oğir keçdi. 15 nafarini saqlab qolişning imkoni bölmadi. Şu kabi holatlarni tahlil qilib, Samarqand viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasiga bildirgi berdik”, – dedi Fazliddin Fayzullayev.