Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni oshiriladi
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam parvozlar soni har bir tomondan 50 tagacha ko‘paytirishga kelishib olindi.
Foto: Fuqaro Aviatsiyasi Agentligi
FAF-2024 tadbiri doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni podshohligi aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlaridan Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam parvozlar soni har bir tomondan 50 tagacha ko‘paytirishga kelishib olindi va erishilgan kelishuvlarni tasdiqlash maqsadida memorandum imzolandi.
Memorandum O‘zbekistondan "Haj" va "Umra" tadbirlariga boradigan ziyoratchilar hamda “Umra plyus” dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
13:58
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026