Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligida ötkazilgan yiğilişda energiya resurslari bilan ta’minlaş sohasida aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev ayrim ma’lumotlarni oçiqladi.

Boş prokurorning ma’lum qilişiça, «Hududgazta’minot» AJning Toşkent viloyati böyiça tarkibiy bölinmasi bölgan «Hududgaz Toşkent» filiali direktori M.A.ga nisbatan jinoyat işi oçilgan hamda ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

Şuningdek, «Yangiyöl tumangaz» rahbari U. T. va «Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi» sobiq rahbari F. Ş.ga ham jinoyat işi oçilib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

«Agar boşqa hududlardagi mas’ullar ham bundan töğri xulosa çiqarmasa va qonunbuziliş holatlariga yöl qöysa, ularga ham, albatta, xuddi şunday jinoiy iş qözğatiladi», degan — Sardor Umrzoqov.

  • Bundan oldinroq Umurzoqov boşçiligidagi yiğilişda qonunbuzilişga hamda mas’uliyatsizlikka yöl qöygan soha rahbarlaridan ayrimlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani va qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.
  • Eslatib ötamiz, 9 dekabr kuni Sardor Umrzoqov rahbarligidagi videoselektorda Toşkent viloyati prokurori Prezident Administratsiyasidan noqonuniy gazga ulangan zavodni tarmoqdan uzmaslikni söragani haqida aytilgandi.