Bayram munosabati bilan 6 ta shaharga qo‘shimcha aviareys qo‘yiladi
31 avgustdan 3 sentabrgacha Nukus, Buxoro, Termiz, Farg‘ona, Namangan, Urganchga 30 foiz chegirma bilan qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Aviachiptalarni ham onlayn, oflayn olish mumkin.
Mustaqillik kuni munosabati bilan “Uzbekistan Airways” mahalliy qatnovlar uchun qo‘shimcha aviareyslar qo‘yilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, reyslar 31 avgustdan 3 sentabrgacha Toshkentdan Nukus, Buxoro, Termiz, Farg‘ona, Namangan, Urganchga 2 tomonlama qatnaydi. Quyida aniq jadvali keltirilgan:
- HY015/016 Toshkent – Nukus – Toshkent: 30 avgust, 1 va 3 sentabr;
- HY021/022 Toshkent – Buxoro – Toshkent: 30, 31 avgust va 3 sentabr;
- HY065/066 Toshkent – Termiz – Toshkent: 31 avgust va 2 sentabr;
- HY083/084 Toshkent – Farg‘ona – Toshkent: 1 sentabr;
- HY093/094 Toshkent – Namangan – Toshkent: 2 sentabr;
- HY055/056 Toshkent – Urganch – Toshkent: 31 avgust va 2 sentabr;
- HY051/052 Toshkent – Urganch – Toshkent: 1 sentabr;
- HY057/058 Toshkent – Urganch – Toshkent: 3 sentabr.
Ta’kidlanishicha, mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflaridan 30 foizgacha chegirma beriladi. Aviachiptalarni booking.uzairways.com saytidan, ilovada, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali o‘tkazilishi va mustaqillik bayrami munosabati bilan 25 avgustdan 3 sentabrgacha Samarqand–Toshkent–Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yilishini e’lon qilgandi.
Kun.uz bu yo‘nalishga talab yuqori ekani, chiptalar qolmasligi muammosi doimiy aktual ekanidan kelib chiqib, bir necha kunga qo‘yilgan qo‘shimcha reyslarni doimiy reyslarga aylantirish imkoniyati bor-yo‘qligi bilan qiziqib, “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasiga so‘rov yuborgandi. Kompaniya bu infratuzilma xarajatlari tufayli imkonsiz ekanini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
17:28 / 27.11.2024
Seuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reys noqulay ob-havo sabab kechiktirildi
23:31 / 22.10.2024
Hindiston aviakompaniyalariga bir sutkada bomba to‘g‘risida 50 ga yaqin yolg‘on xabar kelib tushdi
22:17 / 17.10.2024
Konstitutsiya kuni bayramini nishonlash bo‘yicha prezident farmoyishi imzolandi
13:50 / 13.09.2024