Şu kunlarda Qaşqadaryoning Kökdala tumanida 7-sinf öquvçisining unaştiruvi deya talqin qilingan video keskin muhokamalarga sabab bölmoqda.

Qizning ota-onasi rasmiylar bilan suhbatda bu yolğon ma’lumot ekanini, marosim unaştiruv emas, qizning tuğilgan kuni ekanini aytgan.

Jamoatçilik faollari esa bunga şubha bildirib, respublikamizning köplab hududlarida erta unaştiruvning borligi: ular quloq tişlar, beşikketti, boşini boğlaş kabi nomlar bilan hali-hanuz qöllanayotganini aytişmoqda.

Huquqşunos Kamola Aliyevaga köra, hozirda bunday vaziyatlarda ota-onalarga nisbatan huquqiy ta’sir çorasi qöllaşning imkoni yöq.

“Qaşqadaryo viloyatidagi holat – qonunçilik nuqtayi nazaridan heç qanday jazoga tortib bölmaydigan holat. Unaştiruv degan gumon bilan borilgan, lekin nikoh öqitilgani yoki rasmiylaştirilgani haqida ma’lumot yöq. Videoda “baxtli bölinglar”, “qöşa qaringlar” degan tilaklarni köryapmiz. Bu tuğilgan kunlarda aytilmaydi. Bu yerda voyaga yetmagan qizning unaştiruv marosimi deb öyladik. Ammo qonunçilikda unaştiruv marosimini ötkazganlik uçun (garçi u voyaga yetmagan şaxs bilan bölsa ham) javobgarlik belgilanmagan”, – deydi u.

Voqea yuzasidan suriştiruv ötkazgan Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova hududda bu kabi holatlar röy berib turişini tasdiqlab, bundan keyin nazoratga olinişini aytdi.

Kun.uz suhbatlaşgan surxondaryolik faollardan biriga köra, voha viloyatlarida 18 yoşga tölmagan qizlarni turmuşga uzatiş, yoşligidan unaştirib qöyiş köp uçraydi.

“Sariosiyo tumanida ham bunday holatlar köp kuzatilyapti, lekin e’tibor berilmayapti. 2023 yilning özida aynan şar’iy nikoh bilan Sarijar mahallasidagi 35-maktabda 2007 yilda tuğilgan qiz turmuşga çiqdi. Kelajak sari mahallasidagi 19-maktabda 2 nafar 2006 yilda tuğilgan qizlar ham uzatildi.

2007 yilda tuğilgan qizning hozir qiz farzandi ham bor. 2006 yilda tuğilgan qizlarning birini tilxatlar bilan maktabga çiqarişdi, ikkinçisi turmuşga çiqib ketdi”, – deya ma’lumot berdi u.