Özbekistonda aholiga davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini yaratiş va uni isloh qilib boriş bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib kelinmoqda.

Xususan, 2003 yildan boşlab tadbirkorlik sub'yektlari tumanlar (şaharlar) hokimliklari huzuridagi inspeksiyalar tomonidan «yagona darça» tamoyili böyiça röyxatdan ötkazila boşlandi. 2016 yil 1 yanvardan boşlab uşbu inspeksiyalar negizida tadbirkorlik sub'yektlariga «yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlari taşkil etildi.

2017 yil 1 fevraldan Yagona markazlarning tumanlar (şaharlar) hokimliklari tuzilmasidan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga ötkazilişi mazkur sohani rivojlantiriş böyiça keyingi qadam bölib, vertikal boşqaruvni şakllantiriş, ularning samarali faoliyatini taşkil etiş imkonini berdi.

2018 yil 1 yanvardan ular Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) aylantirildi.

Albatta, uşbu markazlar aholiga bir qator qulayliklar yaratdi. Birinçi navbatda jismoniy va yuridik şaxslarning idoralararo sarson bölişi va ortiqça vaqt sarflaşlariga çek qöyildi. Endilikda fuqarolar emas, balki hujjatlar harakatlanişi asosiy mezon sifatida belgilandi.

Bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari orqali turli ma'lumotnomalar va boşqa zarur hujjatlarni oliş mumkin. Körsatilayotgan davlat xizmatlari soni bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib borilmoqda. Ammo davlat xizmatlari markazlari bu jarayonga qay darajada tayyor?

Uşbu savolga javob topiş maqsadida Kun.uz sayti muxbirlari viloyatlarda bölib, davlat xizmatlari markazlari faoliyatini örganib, ularda xizmat körsatiş sifati, yaratilgan şaroitlar haqida maqolalar berib borilmoqda.

Bu boradagi navbatdagi örganiş Buxoro viloyatining şahar va tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlarida olib borildi. Tan olib aytiş kerakki, örganişlar davomida ham ijobiy, ham salbiy holatlarga guvoh böldik.

BUXORO ŞAHRI DXM

Buxoro şahridagi davlat xizmatlari markazi joylaşgan yangi, zamonaviy binoda murojaatçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan. Uşbu binoda davlat xizmatlari markazi körsatadigan xizmatlardan taşqari yana 30dan ortiq xizmatlarni körsatadigan tegişli idora va taşkilotlar punktlari taşkil etilgan. Murojaatçilar markazdan taşqari turli idora va taşkilotlar bilan boğliq işlarini şu binoda hal etişi mumkin. Ikki qavatli zamonaviy binoda kutiş zali, tibbiyot xonasi, bolalar xonasi, elektron kutubxona va boşqa barça zarur qulayliklar mavjud.