Özbekistonda AQŞning Vebster Universiteti filiali oçiladi. Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatida şu haqida xabar berildi.

Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vebster Universiteti örtasida ta'lim xizmatlarini körsatiş va inşootlardan foydalaniş töğrisidagi hujjat imzolandi. Mazkur hujjatning imzolanişi Özbekistonda Amerika oliy ta'lim muassasasi (OTM)ning birinçi doimiy filiali oçilişini tasdiqlaydi.

Imzolaş marosimida AQŞ Davlat departementi, Ta'lim vazirliklari, USAID, Amerika xalqaro ta'lim kengaşlari, Jahon banki, Xalqaro valuta fondi rasmiylari, AQŞ ta'lim va analitik doiralari vakillari iştirok etişdi. Şuningdek, Boş vazir örinbosari Tanzila Norboyeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev, "Öztöqimaçiliksanoat" uyuşmasi vakili Ilhom Haydarov ham tadbirda qatnaşişdi.

Elçi Javlon Vahobov öz çiqişida Özbekistonda inson kapitali va ta'lim sifatiga investitsiya kiritiş respublika rahbariyati siyosatidagi eng ustuvor jihat ekanini ta'kidladi. U şuningdek mamlakatda xorijiy OTMlar faoliyati uçun yaratilayotgan qulay şaroitlarga ham töxtalib ötdi va qatnaşçilarni respublika ta'lim bozorida oçilayotgan imkoniyatlardan foydalanişga çaqirdi.

Vebster Universiteti prezidenti Elizabet Strobl öquv muassasasiga Özbekistonda Amerika OTMlari orasida birinçi bölib faoliyat yuritişiga doir körsatilgan şaraf uçun minnatdorçilik bildirdi.

"Barçamiz Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev oldida uning ta'lim, ilm-fan va soğliqni saqlaş sohasida amalga oşirayotgan katta islohotlari tarğibotidagi yetakçiligi uçun qarzdormiz - bularning bari bizning hamkorligimiz uçun zamin yasadi", - dedi Vebster Universiteti rahbari.

Uning fikriça, Vebsterning Özbekistondagi ta'lim jarayonining bir qismiga aylanişga bölgan intilişi mamlakatning jahon hamjamiyatidagi tarixiy-madaniy ahamiyatini e'tirof etişga asoslangan. Rahbarning ta'kidlaşiça, ingliz tilini örganiş böyiça magistratura dasturining yölga qöyilişi Amerika OTMga yanada ilhom bağişladi va endi ular öz faoliyatini kengaytirişni maqsad qilgan.

2018 yilning sentyabrida Vebster Universiteti bilan kelişuvlarga muvofiq, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti bazasida TESL magistrlik dasturi yölga qöyilgan edi (ingliz tilining ikkinçi xorijiy til sifatida öqitilişi), ayni damda Özbekistondagi 120 dan ziyod talaba uşbu dastur böyiça ta'lim olmoqda.