Farğona viloyatida bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda 34 million sömlik kimyoviy dori vositalarining mamlakat hududiga noqonuniy tarzda olib kirilişi oldi olindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ta'kidlanişiça, Farğona viloyat Bojxona boşqarmasi kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan Farğona tumani hududida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tezkor tadbir davomida Vodil—Oltiariq yönalişida harakatlanayotgan fuqaro B.N. boşqaruvidagi Lacetti avtomaşinasi kuzatuvga olinib, töxtatilgan. Avtomaşina örnatilgan tartibda közdan keçirilganda, avtomaşina saloni va yukxonasida xorijda işlab çiqarilgan hamda bojxona rasmiylaştiruvidan ötganini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan umumiy qiymati 34 million sömlik 6 turdagi kimyoviy dori vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Buvayda tumanida qiymati 72 million sömlik 40 dona “WI FI TV” nomli 32 dyuymli televizorlarning noqonuniy savdosi foş etilgani böyiça xabar berilgan edi.