15 noyabr kunidan Özbekistonda benzin narxi 35 foizgaça oşişi (AI-80 turining 1 litri uçun 2800 sömdan 3800 sömga) haqidagi xabarlar ortidan Toşkent şahridagi avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida (AYoQŞ) uzun navbatlar yuzaga keldi.

Kun.uz fotomuxbiri joylarda bölib, jarayonni kuzatdi.

Muxbirning AYoQŞ xodimlariga savol bilan yuzlandi - xodimlar ularga benzin narxi kötarilişi haqida heç kim heç narsa demaganini aytişmoqda, şu bilan birga soat barçasi 12:00da ma'lum bölişi bildirilmoqda.

Xuddi şu vaqtda Telegram’da benzin narxi oşişi haqidagi hukumat qarori surati paydo böldi. Bu hujjat Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 14 noyabrdagi 3386-sonli qarori ijrosini ta'minlaş, şuningdek, yoqilği-energetika resurslarining jahon narxlari ösayotganini hisobga olib, 2017 yil 15 noyabrdan benzin va dizel yoqilğisi narxi oşirilişini nazarda tutadi.

Hujjatga köra, 15 noyabrdan eng arzon Ai-80 rusumidagi benzinning 1 litri narxi 3800 söm, Ai-91 markadagi benzin narxi esa 4300 söm böladi. Şuningdek, 1 litr dizel yoqilğisi 4100 söm, EKO dizel yoqilğisi esa 4200 sömga çiqadi.

Özbekiston​da benzin narxi yana oşişi mumkinligi haqida Kun.uz 13 noyabr kuni xabar tarqatgandi.

Ötgan vaqt içida «Özbekneftgaz» va «Özbekneftmahsuloti» bunday xabarlarga munosabat bildirmadi.

Bu vaqtda Özbekiston televideniyesida ham viloyatlarda benzin taqçilligi yuzaga kelgani, yoqilği «şapka» evaziga sotilayotgani haqida tanqidiy-tahliliy lavhalar tayyorlandi.