Germaniyaning Kyoln universiteti tilşunoslari ilk bor Markaziy Osiyoning qadimiy, nufuzli davlatlaridan biri Kuşonlar saltanati yozuvini öqişga erişdi. Uşbu matnlar mazmuni 70 yildan ortiq vaqt davomida sir bölib qolayotgan edi.
Kuşonlar yozuvi Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi 200 yillardan milodning 700 yillarigaça qöllanilgan. Bugungi kunga kelib, uşbu davrga aloqador bir neça önlab qisqa matnlar ma’lum. Ular Afğoniston, Tojikiston va Özbekiston hududidan topilgan.

1960-yillarda fransuz arxeologlari Afğonistondagi Daşti-Novurda uç tilda matn topgan edi. 2022 yilda Tojikiston şimoli-ğarbidagi Olmosiy darasida ikki tilda: Kuşon va allaqaçon ma’lum bölgan Baqtriya tilida qisqaça bitik topilgan.
Olimlar mazmuni ma’lum tillardagi matnlarni tahlil qilib, kuşonliklarniki bilan soliştirgan. Ular Vema Taxtu ismini va «Şahanşoh» unvoni ma’nosini oçişga muvaffaq bölişdi. Keyinçalik, tilşunoslar Baqtriya matnidan foydalanib, belgilarning keyingi ketma-ketligini taniy olişdi va alohida belgilarning fonetik ma’nolarini aniqladi. Hozirgaça ular harflarning 60 foizga yaqini mazmunini oçişga muvaffaq bölişdi va bu borada iş davom etmoqda.
Tadqiqot guruhining fikriça, Kuşon yozuvi mutlaqo noma’lum örta eroniy tilga mansub bölib, u na baqtriya, na xötonsak tiliga öxşamaydi. Bu tilda Şimoliy Baqtriyaning ötroq aholisi yoki içki Osiyodagi köçmançi xalqlar vakillari gapirişi mumkin edi. Muayyan vaqt davomida u Kuşon imperiyasining rasmiy tillaridan biri bölib xizmat qilgan. Dastlabki nom sifatida tadqiqotçilar «Eteo-toxariy» atamasini taklif qilişdi.

















