1991 yildan oldin qurilgan ko‘p qavatli uylarning fasadiga bazalt qoplab chiqiladi

Foto: Depositphotos
Prezident topshirig‘iga asosan, bosh vazir Abdulla Aripov raisligida qattiq sovuq sharoitida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yig‘ilishda aytilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 40 mingta ko‘p qavatli uy-joy mavjud bo‘lsa, shundan 31 mingga yaqini 1991 yilgacha qurilgan.
Shu sababli ushbu 31 mingta uyning fasad qismi renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga o‘tkazilib, muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda issiq suv va elektr bilan ta’minlanadi. Bu boradagi dastur loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Shu bilan birga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi endilikda yangidan quriladigan ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obektlarining loyiha-smeta hujjatlariga energiya samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan qurilish materiallari va jihozlardan foydalanishni majburiy tartibda kiritishi topshirildi.
Bu borada energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda jami 13,2 ming tonna bazalt xomashyosi ishlab chiqarilmoqda. Bu esa yillik ehtiyoj (5 mln m.kv yoki 36 ming tonna) 30 foizini ham tashkil etmaydi.
Shu bois, «O‘zsanoatqurilishbank» «O‘zsanoqurilishmateriallari» uyushmasi bilan birgalikda 2 oy muddatda joylarda bazalt xomashyosi ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, yil yakuniga qadar kamida 5 ming tonnalik quvvat yaratishi kerakligi ta’kidlandi.
«O‘zeltexsanot» uyushmasi ham ikki oy muddatda transformatorlar, kabellar, quyosh panellari va suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:59 / 28.02.2025
«Tramp Putindek fikrlamoqda»: liberal jahon tartibi tugadimi?
Jahon | 12:08 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi
O‘zbekiston | 10:53 / 28.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Londonda Starmer va Zelenskiy muzokaralari yakunlandi
Jahon | 01:46
-
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
-
Bill Geyts kelgusi avlodlar duch keladigan 4 ta asosiy muammoni sanadi
Jahon | 23:19 / 01.03.2025
-
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Mavzuga oid

15:24 / 28.02.2025
O‘zbekiston yanvarda gaz eksportini 9 foizga oshirdi

14:56 / 24.02.2025
Yerni uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi

10:35 / 24.02.2025
Buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

21:56 / 22.02.2025