8 noyabr kuni Farğona viloyati Qöqon şahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Vaqtinça saqlaş hibsxonasida saqlanayotgan mahkum yurak kasalligi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilişiça, marhum R.N.ga joriy yil 1 iyun kuni sud hukmi bilan ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan va probatsiya hisobiga olingan. Lekin, örnatilgan çeklovlarni buzib, belgilangan hududni tark etgan. Körilgan çoralar natijasida 6 noyabr kuni Toşkent şahrida uşlanib, Qöqon şahar IIB Vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.

«Joriy yilning 8 noyabr kuni soat 02:56 larda mahkum N.R. özini yomon his qilganligi uçun u bilan birga saqlanayotgan S.Yu. nazoratçi xodimlarni yordamga çaqirgan. Hibsxona xodimlari muassasaga örnatilgan kuzatuv kamerasi orqali holatni körib, zudlik bilan tez-tibbiy yordamga murojaat qilişgan. Muassasaga yetib kelgan tibbiyot xodimlari soat 03:16da mahkumning ölimini qayd etgan» – deyiladi IIBB bayonotida.

Qöqon tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bölimining dastlabki taşxisiga köra, marhum R.N.ning ölimiga «yurakni surunkali işemik kasalligi, yurak toj qon-tomirlarining ötkir yetişmovçiligi» sabab bölgan. Marhumning badanida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Holat yuzasidan Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinişiça, IIV muassasasida vafot etgan marhumga 2021 yil mart oyida öğirlik jinoyati uçun sud tomonidan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Keyinroq, 2021 yil oktabr oyida jazoning ötalmay qolgan qismi şu muddatga axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan. Şundan söng, 2022 yil iyun oyida ötalmay qolgan 1 yil 1 oydan ortiq axloq tuzatiş işlari jazo muddati, şu muddatga tungi vaqtda (soat 21:00 dan 06:00 qadar) yaşaş xonadonidan çiqmaslikdan iborat ozodlikni çeklaş jazosiga almaştirilgan. Şuningdek, marhumga ozodlikdan çeklaş jazosini ötaş tartib-qoidalari va jazodan böyin tovlaş oqibatlari tuşuntirilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yil 17 oktabr kuni ham Farğonadagi IIB muassasasida öğirlik qilmoqçi bölgani uçun qamab qöyilgan 15 yoşli ösmir vafot etgani ma’lum qilingan edi. Uşbu holat yuzasidan prokuratura jinoyat işi qözğatgan: ikki kişiga «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan, IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.