Shavkat Mirziyoyev: «Endi O‘zbekistonda investitsiya bo‘yicha aniq qonun ishlaydi»

Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni «Navoiyazot» AJ negizidagi majmua ochilishi marosim davomida O‘zbekistonda investorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning qonuniy kafolatlari haqida ham gapirdi.
«Tan olaylik, shu paytga qadar O‘zbekistonda investorlarga xavf bor edi. Ular bizning davlatga pul tikishga qo‘rqishardi.
Investitsiya faoliyati qaror bilan tartibga solinardi, ammo bu qaror istalgan paytda, istalgan kishi foydasiga ishlab ketavergan.
Men yaqinda «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladim. Bu qonun endilikda investorlarga kafolat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu kimgadir yoqadi, kimgadir esa yo‘q, lekin endi O‘zbekistonda bu sohada ham aniq va qat'iy qonun ishlaydi», — deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident shuningdek, endilikda istalgan investor dunyoning istagan joyida turib O‘zbekistonda amalga kiritilgan qonun haqida ma'lumot olishi va investor huquqlari himoya qilinishiga ishonch hosil qilishi mumkinligini ta'kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma'qullangan.
Mavzuga oid

08:05 / 22.04.2025
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

15:20 / 17.04.2025
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar

16:04 / 16.04.2025
Samarasiz issiqxonalar Andijonga ko‘chirilib, aholiga beriladi

22:13 / 11.04.2025