Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda aksiyalar, har xil tovarlarning mavsumiy çegirmalari taşkil qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunda köpinça muayyan holat (kompaniyaning yubileyi, milliy bayram va boşqalar) sababli çegirma berilganiga urğu beriladi.
Raqobat qömitasi tahlillariga köra, ayrim yirik savdo tarmoqlari foyda oliş maqsadida köpinça xaridorlar bilan turli xil manipulyatsiyalarga kirişişi, masalan, dastlab taklif qilinadigan tovarlarning narxlari iloji boriça haddan taşqari oşirib yuborilişi, söngra ularning narxi haqiqiy narxigaça tuşirilişi mumkin. Bunda xaridorlar tomonidan çegirmali tovarlarni xarid qiliş orqali ularda foydali xarid illyuziyasini keltirib çiqariş maqsad qilingan.
“Odatda bayramlar oldidan yirik savdo markazlari va dökonlar tovar narxlarini keskin kötarişi, keyin esa çegirmalar e’lon qiliş orqali göyoki tovar narxlarining keskin tuşirilgani töğrisida reklamalar beradi, haqiqatda esa çegirmadagi tovar narxi eski narxdagi holatiga qaytarilib, göyoki 20-30 foiz çegirmalar qöllangandek taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.
Qömita tovarlarni, mahsulotlarni çegirma bilan sotiş holatlariga e’tiborliroq böliş, tovarlarni sotib olişdan oldin uning sifati va nuqsonsiz ekanini tekşirişni unutmaslikka çaqirdi.
Iste’molçilar huquqini himoyalaş organiga köra, tovarlarlarni çegirma bilan xarid qilişda tösiq va muammolar yoki notöğri va işonçsiz reklamalarni tarqatiş holatlari kuzatilgan taqdirda, qömitaning 1159 işonç telefoniga murojaat qiliş mumkin.
Reklama bannerida muzlatkiç, çegirmada esa telefon quvvatlagiç
Kun.uz oxirgi paytlarda ommaviylaşgan har xil çegirmalar haqidagi ayrim holatlarga e’tibor qaratdi.
Xususan, bir maişiy texnika sotadigan dökonlar tarmoği 80 foizgaça çegirma e’lon qilgan. Reklamadagi bannerda televizor, muzlatkiç, çangyutgiç, dazmol va boşqa texnikalar körsatilib, göyoki şu mahsulotlarni 80 foizgaça arzonlaştirilgan narxda xarid qiliş imkoniyati borligiga urğu berilgan. Amalda esa bu mahsulotlarga atigi 3-4 foizlik çegirmalar berilgani yoki umuman bunday imtiyozli narxlar mavjud emasligi oydinlaşdi. Reklamada yozilgan 80 foizlik çegirma esa Power bank'ni quvvatlaydigan sim uçun mavjud bölgan.
Boşqa holatda esa bir marketpleys (onlayn bozor)da katta çegirma e’lon qilingani, real holatda şartli 10 ming sömlik mahsulotning narxi 20 ming sömgaça şişirilgani va unga nisbatan 50 foizlik çegirma qöllanganiga guvoh böliş mumkin.

















