2012 yilgi London Olimpiadasida iştirok etgan beş nafar oğir atletikaçidan olingan tahlillar Xalqaro Olimpiya Qömitasi tomonidan qayta ötkazilgan doping tekşiruvida ijobiy natija berdi. Bu haqda Xalqaro oğir atletika federatsiyasi (IWF) matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar qildi.

Qayd etilişiça, doping testiga ijobiy reaksiya bergan namunalardan biri öşa musobaqada 105 kg vazn toifasida törtinçi örinni olgan özbekistonlik Ruslan Nuriddinovga tegişli. Undan taşqari, 2012 yilgi olimpiya öyinlarining -105 kg vazn toifasidagi çempioni ukrainalik Aleksey Toroxtiy, -56 kg.da bronza medali sohibi ozarbayjonlik Valentin Xristov, şuningdek mos ravişda 8- va 14-örinni egallagan beloruslik Nikolay Noviçkov va armanistonlik Melin Daluzyan ham röyxatda bor.

Xalqaro oğir atletika federatsiyasi uşbu beş sportçini vaqtinçalik faoliyatdan çetlaştirgan.

Avvalroq sönggi olimpiya öyinlari davomida doping iste'mol qiliş holatlari oğir atletikaçilar orasida köplab kuzatilayotgani tufayli sportning bu turi Olimpiada dasturidan çiqarib yuborilişi mumkinligi ma'lum bölgandi. Uşbu masala noyabr oyi oxirida Xalqaro Olimpiya Qömitasi Ijroqömida muhokama qilindi, ammo yakuniy qarorni qabul qiliş keyinroqqa qoldirildi.

Ma'lumot uçun, Ruslan Nuriddinov oradan tört yil ötib, 2016 yili Rioda olimpiya öyinlari rekordini örnatgan holda oltin medalga sazovor bölgan edi. U 2018 yil Indoneziyada ötgan Osiyo öyinlarida ham turnir rekordini yangilab, tengsiz böldi.

Ruslan 2013 yilda jahon çempionligiga erişgan, Osiyo çempionatlarida ham ikki marotaba ğolib çiqqan. U 2014 yilda tizzasidan jiddiy jarohat olgani tufayli operatsiya stoliga yotgan edi, ammo jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz ötgaç, bir yil reabilitatsiya bosqiçini ötişga majbur böldi. 2015 yilda Nuriddinov yana bir marta operatsiya qilingaç, qayta tiklanib sportga qaytişi uçun 10 oy vaqt talab qilingandi.