2023 yilda 53 ta “Yangi Özbekiston” massivi va 161 ta boşqa massivlarda, jumladan, xususiy pudrat taşkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurişning yillik hajmlari 2 barobarga oşirilib, 90 mingga yetkazilişi közda tutilmoqda. Bu – 2023 yilgi davlat dasturi loyihasida közda tutilgan.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yilda 44 mingta xonadon qurilib, foydalanişga topşirilgan. 2023 yilda quriladigan xonadonlar soni esa ötgan yilga nisbatan kamida 100 foizga köpayadi.

Şuningdek, aholiga fond bozorida faol iştirok etiş uçun qulay şaroitlar yaratiş va kapital bozorini rivojlantiriş böyiça çoralar işlab çiqiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu boradagi takliflarni 2023 yil 1 sentabrgaça Prezident administratsiyasiga kiritişi nazarda tutilmoqda.

2023 yilda jamoatçilik fikri asosida şakllantiriladigan loyihalarni moliyalaştiriş uçun Davlat budjetidan 8 trillion söm, şundan “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari uçun 4 trillion söm yönaltiriladi.

2023 yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalar dasturlari doirasida amalga oşiriladigan tadbirlarni moliyalaştiriş uçun Davlat budjetidan 4 trillion söm ajratiladi.

Natijada, mazkur tadbirlarga ajratilayotgan mablağlar miqdori qariyb 2 baravar köpaytirilişiga erişiladi. Masalan, 2022 yilda uşbu tadbirlar uçun 4,3 trln söm mablağ ajratildi.

2024 yil uçun ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturidan boşlab, davlat organlari tomonidan taklif etilgan ijtimoiy hamda muhandislik infratuzilma obektlarini uşbu dasturga “Oçiq budjet” portalida ovoz beriş jarayonida töplangan ovozlar soniga köra kiritişni amalga oşiriş amaliyoti joriy etiladi.

Natijada, “Taşabbusli budjet” jarayoni orqali taqsimlanadigan mablağlar miqdori 8 trln sömdan 23 trln sömga (+15 trln söm) yetadi.

2023 yil 1 iyuldan boşlab, “Mahalla budjeti” tizimini barça tumanlar va şaharlarda joriy etiş orqali mahallalarga öz muammosini mustaqil hal etiş hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş uçun 800 milliard sömgaça mablağ yönaltiriladi.

Joriy yildan eksperiment tariqasida 14 ta tumanlarda, 1 iyuldan esa barça tuman (şahar)larda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.