Özbekiston 2022 yilda quvur orqali Xitoyga 1,07 mlrd dollarlik gaz sotgan. Bu haqda Xitoy Bojxona boş boşqarmasiga tayanib TASS xabar berdi. 

Departament ma’lumotlariga köra, Xitoyga quvur orqali gaz sotuvçi davlatlar orasida Turkmaniston birinçi örinni egallab turibdi: 12 oy davomida bu mamlakatdan Xitoyga yetkazib berilgan gaz qiymati 10,25 milliard dollarni (ösiş 51 foiz) taşkil etgan.  

Ikkinçi örinda Rossiya (3,98 mlrd dollar, ösiş 263 foiz), uçinçi örinda Myanma (1,43 mlrd dollar, ösiş 1,3 foiz), törtinçi örinda Qozoğiston (1,08 mlrd dollar, kamayiş 4 foiz) va beşinçi örinda Özbekiston (1,07 mlrd dollar, ösiş 33,9 foiz) qayd etilgan.