«Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmonga asosan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • 37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinadi (ro‘yxat);
  • 17 ta litsenziya va 14 ta ruxsatnoma xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo‘li bilan bekor qilinadi (ro‘yxat);
  • 16 ta litsenziya va 11 ta ruxsatnoma birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi (ro‘yxat);

Lisenziyalash to‘liq bekor qilinadigan faoliyat turlari quyidagilar:

  • Auditorlik faoliyati
  • Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyati
  • Fonogrammalarni tayyorlash faoliyati
  • Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyati
  • Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalashda investitsiya fondi faoliyati
  • Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalashda:

    • umumiy foydalanish punktlari, shu jumladan qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub'yektlarining umumiy foydalanish punktlari tomonidan ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;
    • qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;
    • qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;
    • qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish.