Özbekistonda Ai-80 benzin narxi yil oxiriga qadar oşirilmaydigan böldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari xabar bermoqda.

«Prezident qarori bilan joriy etilgan va 2022 yil 10 dekabrdan boşlab amal qilayotgan Ai-80 rusumli avtobenzin uçun aksiz soliğini «nol» stavkada qöllaşning amal qiliş muddati ertaga, 2023 yil 1 mart kuni yakuniga yetişi kerak edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bugun imzolangan qarorga muvofiq, iste’molçilarning neft mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş hamda narxlar barqarorligini ta’minlaş maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molçilarga sotiladigan Ai-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uçun aksiz soliğini «nol» stavkada qöllaş muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi», deyiladi xabarda.

  • Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabr oyida gaz «zapravka»lar faoliyatiga çeklov qöyiliş ortidan benzinga talab keskin oşib ketgandi. Şundan söng 2022 yil 10 dekabrdan Ai-80 avtobenzini uçun aksiz soliği nol stavkada qöllanişi va birjada narxlar ösiş darajasi çeklanişi belgilangandi. Natijada şoxobçalarda Ai-80 narxi bir litri uçun örtaça 6800–7500 sömdan 5700–6000 sömgaça (örtaça 1100 sömga) arzonlaşgandi.
  • 2023 yil 27 fevral kuni esa «Özbekneftegaz» Ai-80 benzinini import va realizatsiya qilişdagi aksiz soliği böyiça vaqtinçalik nol stavka muddati 1 mart kuni tugaşi, şu kundan e’tiboran çakana narx 6800-7000 sömga aylanişi haqida ma’lum qilgandi.