– Imtihonlar oçiq havoda ötadigan böldi, abituriyentlarga qanday şaroit yaratiladi?

– Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari oçiq xiyobon va stadionlarda bölişi belgilandi. Ularning röyxati tasdiqlandi va bu töğrisida Davlat test markazi abituriyentlar va ularning ota-onalariga xabar berdi. Qanday taşkil etilişiga keladigan bölsak, birinçi yil emas, uçinçi yil testlarni oçiq stadion va xiyobonlarda taşkil qilyapmiz.

54ta stadion va xiyobon tanlab olingan. U yerda barça şaroitlar yaratiladi. Birinçidan, abituriyentlar şaxsini identifikatsiyalaş, Face-ID orqali tekşirib kiritiş, undan keyin har bir guruhga kamera, ikkitadan nazoratçi qöyişni rejalaştirganmiz. Undan taşqari, test jarayonlari töğridan töğri efirga uzatiladi. Har domgidek ruçka, suv beriladi. Agar maxsus komissiyaning tibbiy niqob beriş haqida qarori qabul qilinsa, niqob ham tarqatiladi. Ötgan yilga soliştiradigan bölsak, taşkilotçilik sifati undan-da yaxşiroq bölişiga harakat qilamiz.

– Yoz oyi bölgani uçun havo harorati juda issiq, abituriyentlarga boş kiyim tarqatiş körib çiqilmayaptimi?

– Ikki yil davomida boş kiyimlar tarqatildi. Bu yil hali bu haqda bizga topşiriq yöq, çunki joylar tayyorgarligi endi boşlandi. Öylaymanki, oçiq joyda bölsa, boş kiyim ham beriladi. Agar abituriyentlar özining boş kiyimi bilan kelsa ham, bunga heç qanday çeklov bölmagan.

– Çet tilidan ijodiy imtihon qanday şaroitda ötkaziladi? Qaysi sanadan qaçongaça va ularni baholaş mezoni qanday böladi?

– Bu yil Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 6ta oliy ta’lim muassasasida çet tili birinçi til sifatida kiritilgan bölsa, ularga ijodiy imtihon olinişi hamda prezident qarori bilan ijodiy imtihon topşiradigan yönalişlarga 10 iyulgaça röyxatga oliş belgilandi. Doimiy ravişda bu haqda abituriyentlarni ogohlantiryapmiz, hamma 20 iyulgaça ötsa, sizlar 10 iyulgaça ötib bölişingiz kerak, deb. Çunki ulardan 4ta könikma böyiça (tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş va gapiriş) imtihon ötkazişimiz kerak.

Ularni taşkillaştiriş va baholaş mezoni hamda formati qanday böladi degan savol bor. Hukumatning 73-sonli qarori bilan formati belgilangan, şu format doirasida B1 darajadagi savollar böladi. U testlar DTM veb-saytida turibdi. U yerda namunaviy savollarni işlab körsa böladi. Şuningdek, veb-saytimizda onlayn imtihon topşirib köriş mumkin.

Çet tilidan ijodiy imtihonda har bir könikma uçun 30 balldan, jami 120 ball beriladi. Şu ball 93 ballga foiz jihatdan konvertatsiya qilinadi. Agar siz testga kirib 4ta könikma böyiça jami 80 foiz natija körsatgan bölsangiz, sizga 93 ballning 80 foizi beriladi.