Şavkatbek Ergaşev, tuman hokimi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şavkatbek Ergaşev juda xodimparvar rahbar çiqib qoldi. Bejizga bunday demayapmiz. Tuman kengaşida 29 may kuni qabul qilingan va Şavkat Ergaşev tomonidan imzolangan hujjatda 2023 yilga avvalgi yildan qoldiq bölib ötgan 306 mln 178 ming söm miqdoridagi mablağni kengaş kotibiyati, tuman hokimining devoni va boşqa xodimlarga ustama qilib beriş közda tutilgan.

Hokimlik axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu qaror loyihasi regulation.gov.uz portali orqali 10 kun davomida, ya’ni 16 maydan 26 maygaça jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Lekin mahalliy budjetning 2023 yil I çoragi yakuni böyiça daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismi nimaga yönaltirilişi böyiça heç qanday taklif kelib tuşmagan.

Şu sababli 306 mln 178 ming söm, qaror loyihasida keltirilganidek, xalq deputatlari Mirzo Uluğbek tuman kengaşi kotibiyati, tuman hokimi devoni, şuningdek, davlat boşqaruvi hududiy organlari xodimlarining faoliyatini baholaş natijasiga köra 2023 yil aprel oyi uçun ustama sifatida ajratilmoqda.

Bu qaror loyihasi muhokamaga qöyilganidan tuman aholisi qançalik xabardor bölgani noma’lum. Tuman hokimligining sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida odamlarni jamoatçilik muhokamasiga taklif qilgan heç qanday xabar e’lon qilinmagan.

Başarti muhokama davomida tumanda yaşovçi aholi vakillari bu pul hududdagi muammoli masalalarni hal qilişga, masalan, içki yöllarni ta’mirlaş, köp qavatli uylar orasiga bolalar maydonçasi qurib beriş, maktab ta’miriga yönaltirişiga öxşaş takliflar bilan çiqişganda ham, bu takliflar inobatga olinarmidi yoki yöq, bunisi ham qoronği.

Xalq deputatlari Mirzo Uluğbek tumani kengaşining 2023 yil 29 mayda qabul qilingan qarori

Xalq nomidan bu qarorni qabul qilgan deputatlarning heç biri: “Xöp, tuman aholisidan taklif kelib tuşmagan bölsa, muhokama muddatini uzaytiraylik, jamoatçilikka bu haqda xabar beraylik, şunda ham taklif kelib tuşmasa keyin hokimlik bergan taklifni qabul qilaveramiz”, deb aytişmagan.