Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi (https://t.me/huquqiyaxborot/9473). Unga köra, Özbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali taşkil etildi.
Filial Özbekiston davlat konservatoriyasining yuridik şaxs maqomiga ega bölgan tarkibiy bölinmasi hisoblanadi.
Milliy musiqa san'ati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, şuningdek, uşbu sohada çuqur tadqiqotlar olib boriş salohiyatiga ega bölgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaş filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Filialda öquv jarayoni 2021/2022 öquv yilidan boşlanadi.
Filialga talabalarni bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça qabul qiliş körsatkiçlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan OTMga öqişga qabul qiliş parametrlaridan kelib çiqqan holda şakllantiriladi.
Filialning 2021/2022 öquv yili uçun bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari Özbekiston davlat konservatoriyasida ötkaziladi.
















