Bugun, 17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Boş vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalaş-obodonlaştiriş işlariga tibbiyot va ta'lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilişni taqiqlaş va uşbu holatlarga yöl qöygan barça darajadagi hokimlar va rahbarlarning şaxsiy mas'uliyat va javobgarligini oşirişga qaratilgan çoralarni belgilaş» masalasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Korxona, taşkilot va muassasalardagi xodimlarning majburiy mehnatga jalb etişdagi vaziyatlarga qat'iy çora köriş böyiça alohida tartib işlab çiqarilişi e'lon qilindi. Hokimiyat topşiriğiga binoan xodimlarning iş haqidan qonunga xilof ravişda mablağ uşlab qoliş, ğöza parvarişi, kommunal tölovlar, «tekşiruvçilar», obodonlaştiriş uçun gul köçatlari va hokazolarga mablağ uşlab qoliş holati aniqlansa, jazo qattiq bölişi baralla aytildi.
«Qonun va hujjatlarga xilof ravişda haşar hamda şanbaliklar taşkil etiş amaliyotiga barham beriş» töğrisida gapirgan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov xodimlarni majburiy mehnatga jalb etişda davom ettiriş prezident va davlat siyosatiga qarşi çiqiş ekanini ta'kidlab ötdi.

















