O‘zbekiston | 13:25 / 21.05.2024
9592
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda 6 ming gektar yer maydoni auksionga chiqariladi

2024 yilda respublika bo‘yicha jami 6 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan, shundan 225 gektar – Toshkent shahrida.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlarini va xususiylashtirish dasturi ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan yer uchastkalarini auksion orqali savdoga chiqarish rejasi tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilmagan yer uchastkalari ijara huquqi asosida savdoga chiqariladi. Boshqa barcha holatlarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida taqdim etiladi.

2024 yilda respublika bo‘yicha jami 6 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan, shundan 225 gektar – Toshkent shahrida.

Shuningdek, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llar bo‘yida savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini joylashtirish uchun 400 ta obekt savdoga chiqariladi, shundan 16 tasi – Toshkent viloyatida, 10 tasi – Toshkent shahrida.

Shuningdek, hududlarda 1,3 mingdan ziyod obekt auksionga chiqariladi va ular:

  • xizmat ko‘rsatish majmualari va servis obektlari;
  • joylashtirish vositalari;
  • turar joylar;
  • savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil etishga mo‘ljallangan.

 845 aholi yashash punktida 2027 yilgacha shaharsozlik hujjatlarini (bosh rejasi) ishlab chiqish bo‘yicha reja tasdiqlanmoqda. Toshkent shahrining bosh rejasini 2024 yilning yakuniga qadar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid