Eslatib ötamiz, Koronavirusning kirib kelişi va tarqalişi oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining qarori bilan:
Respublika çegara hududlaridagi mavjud çegara ötkaziş punktlari 23 mart kuni soat 00:01dan boşlab barça şaxslar uçun (Özbekiston Respublikasi hududidan çiqib ketayotgan boşqa mamlakat fuqarolaridan taşqari) yopildi.
Özbekistondagi barça umumiy ovqatlaniş korxonalari faoliyati vaqtinçalik töxtatildi.
Komissiya qaroriga köra, joriy yil 6 apreldan e'tiboran «özini yakkalaş» hayot tarzi Nukus va Toşkent şaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravişda joriy etildi:
Karantin talablarining ijrosini sözsiz ta'minlaş hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bölmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilişiga yöl qöymaslik maqsadida istisno tariqasida içki işlar organlari yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boşqarganlik uçun transport vositasini jarima maydonçasiga joylaştiriş yöli bilan uşlab turiladi.
Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00 dan e'tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlaniş karantin davrida vaqtinça çeklandi.
Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qiliş, şifokor körigiga murojaat etiş, şuningdek, iş joyiga boriş va keliş uçun ruxsat etiladi.
18 aprel soat 19:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1469 nafarni taşkil qilmoqda.
Özbekistonda koronavirusdan zararlanişning ilk holati 15 mart kuni Toşkentda tasdiqlangandi.
Ötgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi böylab tarqaldi. 18 aprel kuni zararlaniş holatlari soni 64taga oşdi.


















